5 farzandini o‘ldirgan ayol evtanizatsiya qilindi

Olam

image
0:00
0:00
download

Besh farzandini o‘ldirgan belgiyalik ayol o‘zining iltimosiga ko‘ra, qotillikdan 16 yil o‘tib, evtanizatsiya (og‘ir kasallar yoki kuchli og‘riqqa duchor bo‘lganlarga hayotlarini tugatishga yordam beradigan amaliyot) qilindi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Qayd eilishicha, belgiyalik ayol Jenevev Lermitt 2007 yil 28 fevralda Nivel shahrida o‘z o‘g‘li va 4 qizini otasi yo‘qligida o‘ldirgan. Bolalar 3 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan. Keyin u o‘z joniga ham qasd qilmoqchi bo‘lgan, biroq buning uddasidan chiqa olmagan va tez yordam chaqirgan.

Qotillik ustidan sud qilinganda Lermitning advokatlari uning ruhiy holati buzilganligini aytib, uni qamoqqa tashlamaslikni so‘ragan. Biroq sud hay’ati uni qasddan odam o‘ldirishda aybdor deb topgan va umrbod qamoq jazosiga hukm qilgan. 2019 yilga kelib u ruhiy kasalliklar shifoxonasiga ko‘chirilgan.

Belgiya qonunchiligiga ko‘ra, agar odamlar chidab bo‘lmas psixologik darddan, shifo topib bo‘lmaydigan azob-uqubatlardan aziyat chekayotgan deb hisoblansa, ularga evtanizatsiyaga ruxsat beriladi. Biroq buning uchun inson o‘z qarorini ongli ravishda qabul qilishi va vaziyatni batafsil izohlab berishi kerak bo‘ladi. 

Jenevev Lermitt psixologining aytishicha, u farzandlarini o‘ldirgan kunga ramziy ishora sifatida 28 fevral kuni evtanizatsiya qilinishga qaror qilgan.

“U boshlagan ishini oxiriga yetkazmoqchi, chunki u aslida bolalarni o‘ldirib, o‘z hayotini ham tugatishni xohlagan”, deydi psixolog.

Ma’lumot uchun, Belgiyada 2022 yilda evtanaziya tufayli 3 mingga yaqin kishi hayotdan ko‘z yumgan. Bu ko‘rsatkich 2021 yilga nisbatan 10 foizga ko‘pdir.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing