48 yildan keyin Yerga katta asteroid urilishi taxmin qilindi
Olam
−
29 Oktabr 2020
8930
Yer sayyorasiga 48 yildan so‘ng ulkan osmon jismi - Apofis asteroidi kelib urilishi mumkin. Bu haqda "Daily Mail" ma’lumot bergan.
Manbaga ko‘ra, Apofis asteroidi tezligini oshirib, Yerga yaqinlashmoqda. Olimlarning ogohlantirishicha, uning 48 yildan so‘ng sayyoraga kelib urilish ehtimoli bor.
Apofis asteroidi qadimgi Misrning jahl va buzg‘unchilik xudosi sharafiga nomlangan. Olimlar uni 2004 yildan beri kuzatib keladi. Shu paytgacha uning Yer bilan to‘qnashuvi imkonsiz deb qarab kelingan. Biroq, yangi ma’lumotlarga ko‘ra, asteroid 2068 yilning 12 aprelida Yer bilan to‘qnashishi va bu halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin.
"Subaru teleskopi yordamida amalga oshirilgan yangi kuzatishlar Apofisning tezlashganini ko‘rsatmoqda. Asteroid toza gravitatsion orbitadan yiliga 170 metrga uzoqlashmoqda. Bu esa yuqoridagi holat 2068 yilda amalga oshishi uchun yetarli bo‘ladi", degan Deyv Tolen ismli astronom.
Ta’kidlanishicha, Apofisning eni 300 metrga teng.
Ma’lumot uchun, Apofis asteroidi 2044 yilda Yerga 16 million, 2060 yilda 5 million kilometrga yaqinlashadi.
LiveBarchasi