47 yoshli Chusovitina Jahon kubogida sovrindor bo‘ldi
Sport
−
03 mart 2023
5993Bugun, 3 mart kuni Qatar poytaxti Doha shahri mezbonlik qilayotgan sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon kubogi bahslarining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada ishtirok etayotgan 47 yoshli o‘zbekistonlik Oksana Chusovitina “tayanib sakrash” dasturi bo‘yicha ikki bor chiqish qilib, 12.916 ballni qo‘lga kiritdi. Ushbu natija orqali o‘zbekistonlik sportchi mundialning bronza medaliga ega chiqdi.
“Tayanib sakrash” bahslarida g‘oliblik fransiyalik Kolin Devillar g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Daniya vakili Kamile Resmussen 2-o‘rinni egalladi.
Ma’lumot uchun, Oksana Chusovitina tarixda eng ko‘p Olimpiadada qatnashgan sportchi sifatida “Ginnesning rekordlari” kitobiga kiritilgan. Bundan tashqari, u 1992 yili jamoaviy bahsda Olimpiya chempioni, uch karra jahon chempioni, Osiyo o‘yinlari g‘olibi bo‘lgan.
LiveBarchasi