47 davlat Xitoydagi uyg‘urlarning ahvolidan xavotirda

Olam

image

BMTga a’zo 47 davlat Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom viloyatida uyg‘urlar va boshqa milliy ozchiliklarning huquqlari poymol etilayotgani haqidagi da’volardan xavotir bildirdi. 

Niderlandiyaning BMTdagi doimiy vakili Pol Bekkers BMT Inson huquqlari kengashining 50-sessiyasidagi qo‘shma bayonotida BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Mishel Bachelet Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom viloyatidagi inson huquqlari ahvoli haqidagi kechiktirilgan hisobotni zudlik bilan e’lon qilishi kerakligini aytdi. 

Hujjatda BMTga a’zo davlatlar uyg‘urlarning huquqlari bilan bog‘liq vaziyatdan jiddiy xavotirda ekani ta’kidlangan. 

“Kengaytirilgan tadqiqotlarga asoslangan ko‘plab hisobotlar milliondan ortiq odam o‘zboshimchalik bilan hibsga olinganini ko‘rsatmoqda. Bundan tashqari, uyg‘urlar va boshqa milliy ozchiliklar elektron kuzatuv va diskriminatsiyaga uchragani haqida xabarlar bor. Shuningdek, huquq va erkinliklarning haddan tashqari cheklanishi, jumladan, uyg‘urlarga o‘z madaniyatini hurmat qilish va o‘z diniga e’tiqod qilishga ruxsat berilmagani haqida xabarlar bor”, deyiladi qo‘shma bayonotda. 

47 davlat qiynoqlar va boshqa g‘ayriinsoniy, shafqatsiz va qadr-qimmatni kamsituvchi xatti-harakatlar, ayollarni majburiy sterilizatsiya qilish, jinsiy va jinsga asoslangan zo‘ravonlik, majburiy mehnat va bolalarni ota-onadan ajratish haqidagi xabarlardan xavotirda. 

Davlatlar Pekinni zudlik bilan masalaga oydinlik kiritishga chaqirdi. 

“Biz Xitoyni qonun ustuvorligiga rioya qilishga, milliy va xalqaro qonunlarga muvofiq inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishga hamda BMTning Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktini imzolashga chaqiramiz”, deyiladi bayonotda. 

Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo davlatlar Xitoyni barcha mustaqil kuzatuvchilarga Shinjon-Uyg‘ur avtonom viloyatiga to‘liq va to‘siqsiz kirishini ta’minlashga chaqirdi, jumladan, BMT Inson huquqlari kengashining maxsus protseduralar mexanizmi. Shuningdek, Xitoy 2018- yil avgust oyida Irqiy kamsitishlarga barham berish bo‘yicha qo‘mita tavsiyalariga amal qilishga chaqirildi. 

Imzolovchilar Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom viloyatidagi inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyat munosabati bilan boshqa davlatlardan “boshpana izlovchilarni rad etmaslikka” da’vat qilgan. 

Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo davlatlar, shuningdek, Bacheletdan Xitoyga tashrifi va Shinjon-Uyg‘ur avtonom viloyatidagi aloqalari haqida batafsil ma’lumot berishni, shuningdek, tashrifi chog‘ida cheklovlar bo‘yicha o‘z kuzatuvlari bilan o‘rtoqlashishni so‘ramoqda.

Ma’lumot uchun, BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Mishel Bachelet o‘tgan oy Xitoyga bordi. Biroq u mamlakatdagi uyg‘urlarga nisbatan munosabat bo‘yicha hisobot taqdim etmay kelmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy BMT Uyg'urlar

Baholaganlar

244

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made