44 yoshli erkak masjid tahoratxonasida o‘g‘rilik sodir qildi
3-sahifa
−
24 fevral 2023
7973Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi “Minor” masjidida o‘g‘rilik yuz berdi. Bu haqda shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 21 fevral kuni soat 12:50 larda sodir bo‘lgan. Masjid tahoratxonasidagi kiyim ilgichida turgan boshqa bir fuqaroning kurtkasidan shaxsiy hujjatlari va 170 ming so‘m miqdoridagi pullari bo‘lgan hamyonini 1979 yilda tug‘ilgan fuqaro o‘g‘irlab, voqea joyidan g‘oyib bo‘lgan.
“Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov davom etmoqda”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi