400 gigabaytgacha internet: Mobiuz bozor qoidalarini o‘zgartirmoqda

Biznes

image

Mobiuz ulkan hajmdagi internet, cheksiz aloqa va raqamli xizmatlarni o‘zida jamlagan yangi ORZU tarif rejalarini taqdim etdi.

Mobiuz mobil aloqa operatori yangi ORZU tariflar to‘plamini ishga tushirdi. Ushbu to‘plam ijtimoiy tarmoqlarning faol foydalanuvchilaridan tortib, farzandli oilalargacha bo‘lgan keng auditoriyaga mo‘ljallangan.

ORZU bir vaqtning o‘zida bir nechta xarajatlaringizni bartaraf etadi. Messenjerlar – cheksiz. Qo‘ng‘iroqlar – hisob-kitobsiz. Internet esa shunday katta hajmda beriladiki, u haqda keyingi oygacha o‘ylamasa ham bo‘ladi. Aslida, bu oddiy tarif narxidagi korporativ darajadagi imkoniyatlardir.

Tariflar to‘plamining flagmani – ORZU 150 – oyiga 400 GB mobil trafik taklif qiladi. Bu hajmni ko‘p deb hisoblaganlar uchun 250 GBlik ORZU 110 va 180 GBlik ORZU 90 tariflari mavjud.

Barcha uchta tarif rejasida Telegram, Instagram, Facebook va Facebook Messengerdan cheksiz foydalanish mumkin. Ya’ni, ushbu messenjer va ijtimoiy tarmoqlar sarflagan trafik umuman hisobga olinmaydi.

Qo‘ng‘iroqlar ham cheklanmagan. Har bir ORZU abonenti butun O‘zbekiston bo‘ylab istaganicha so‘zlashishi, shuningdek, oyiga 5 000 tagacha SMS yuborishi mumkin. Hech qanday daqiqalar to‘plami, “oy oxirigacha 12 daqiqa qoldi” degan gaplar yo‘q.

To‘plamdagi har bir tarifga MobiMusic va MobiTV obunasi kiritilgan – bu o‘n minglab treklar va kinoarxivga ega o‘nlab telekanallar demakdir. Masalan, ORZU 150 abonentlari o‘zlari uchun sport kanallarini, jumladan, OneFC va Setanta Sports’ni kashf etadilar.

Barcha ORZU tariflarida ota-onalar Kids Security xizmatidan bepul foydalanish imkoniyatini qo‘lga kiritadilar. Bu xizmat ota-ona telefonini haqiqiy nazorat vositasiga aylantiradi: uning yordamida nomaqbul saytlarga kirishni cheklash, bolaning qayerda ekanligini kuzatish va internetdan foydalanish vaqtini belgilash mumkin.

“400 gigabayt – bu shunchaki marketing taklifi emas, balki abonentlarimizning orzulari ushalishidir, – deydi Mobiuz Bosh direktorining marketing va savdolar bo‘yicha o‘rinbosari Lola Filatova. – ORZU – bu hamma narsa, ya’ni aloqa ham, kontent ham, bolalar xavfsizligi ham mujassamlagan tariflar. Biz abonentlarga shunchaki gigabaytlar emas, haqiqiy xotirjamlik taqdim etamiz”.

ORZU’ning taqdim etilishi – O‘zbekistonda mobil aloqa bozori qaysi tomonga harakatlanayotganidan dalolat beruvchi belgidir. Bundan uch yil avval 10 GB katta hajmli to‘plam hisoblangan bo‘lsa, bugungi kunda bu marra 400 GB ni tashkil etmoqda. Abonent uchun kurash narx mezonidan qiymat mezoniga o‘tmoqda. 

Istalgan ORZU tarifiga kompaniya ofislarida, dilerlarning savdo shoxobchalarida hamda Mobiuz mobil ilovasi orqali ulanish mumkin.

Mobiuz yangiliklaridan ushbu havola orqali birinchilardan bo‘lib xabardor bo‘ling.

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing