“40 yoshda ham fantastik forma” Ronalduni yosh ko‘rsatadigan ovqat nomi oshkor bo‘ldi

Sport

image

Krishtianu Ronaldu o‘z ishiga nisbatan professional va jiddiy yondashishda davom etmoqda, bu esa unga 40 yoshida ham fantastik formada qolish imkonini beryapti.

Ma’lum bo‘lishicha, portugaliyalik futbolchining mukammal jismoniy holatda qolishi uchun maxsus taomlarni iste’mol qiladi.

Futbolchi portugallarning Bacalhau a Bras nomli maxsus taomini yaxshi ko‘radi. U tuzlangan piyoz, kartoshka va tuxumdan iborat bo‘lib, juda tez tayyorlanadi. Ronalduning so‘zlariga ko‘ra, futbolchi onasining retsepti bo‘yicha tayyorlangan maxsus taomni tez-tez iste’mol qiladi. Krishtianu bu taom unga bolaligini eslatib, kuch bag‘ishlashini tan oldi.

Shuni qo‘shimcha qilish kerakki, portugaliyalik futbolchining ratsionida yuqori proteinli taomlar, shuningdek, kam miqdorda spirtli ichimliklar va shakar mavjud. Ronaldu ovqatni ko‘proq oddiy suv bilan iste’mol qiladi.

Bu yondashuv Krishtianuga butun faoliyati davomida ajoyib formani saqlab qolish va jiddiy jarohatlardan qochish imkonini beradi. Natijada u tarixdagi eng yaxshi futbolchilardan biriga aylandi va ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritdi, jumladan, 5 ta “Oltin to‘p” va 5 ta Chempionlar Ligasi kubogi.


Maqola muallifi

Teglar

Krishtianu Ronaldu taom

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing