4 tadan bittasi bo‘lishi aniq

Olam

image

“Yuqori Rada saylovlarida g‘alaba qozongan “Xalq xizmatkori”partiyasi Ukraina bosh vaziri lavozimiga to‘rt nafar nomzodni taklif qilmoqda,” dedi partiyaning fraksiyasining bo‘lajak rahbari Devid Araxamiya. Bu haqda “Vedomosti” xabar qilmoqda.

Nomzodlar orasida Ukrainaning "Naftogaz" kompaniyasi rahbari Andriy Kobolev, xuddi shu kompaniyaning biznesni rivojlantirish bo‘yicha direktori Yuriy Vitrenko, Ukraina prezidenti ma’muriyati rahbarining iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Aleksey Goncharuk va Xalqaro valyuta jamg‘armasining Ukraina bo‘yicha ijrochi direktori o‘rinbosari Vladislav Rashkovanlar bor. 

Bosh vazir nomzodini parlamentga tasdiqlash uchun prezident hukmron koalitsiya taklifiga binoan kiritadi. Vladimir Zelenskiy partiyasi 450 o‘rindan 254 tani olgan 21 iyuldagi saylovlardan so‘ng Prezident bo‘lajak bosh vazir "iqtisochi" bo‘lishi va katta mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodirligini aytgandi. 

Zelenskiy shuningdek, bu "hech qachon bosh vazir, ma’ruzachi yoki biron bir fraksiya rahbari bo‘lmagan mutlaqo mustaqil shaxs" bo‘lishi kerakligini ta’kidlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

47

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing