4 soatlik tanaffus o‘t ochish to‘xtashini anglatmaydi – Netanyaxu
Olam
−
10 noyabr 2023
2686G‘azo sektoridagi janglarda har kuni to‘rt soatlik tanaffus to‘g‘risidagi kelishuv o‘t ochish to‘liq to‘xtatilishini anglatmaydi. Bu haqda Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu “Fox News” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Biz kelisha olmagan yagona narsa – bu sulh. HAMAS bilan o‘t ochishni to‘xtatish HAMASga taslim bo‘lish, terrorga taslim bo‘lish demakdir. Isroillik garovga olinganlarni ozod qilmasdan turib, sulh bo‘lmaydi”, degan Bosh vazir.
Shuningdek, Netanyaxu HAMASga qarshi kurash davom etishini va ular bilan sulh bo‘lmasligini ta’kidlagan.
“New York Times” gazetasining Amerika rasmiylariga tayanib yozishicha, mintaqadagi arablarning g‘azabi, AQSH va boshqa mamlakatlarda tinch aholi qurbonlari soni ortib borayotganidan umidsizlik Isroilga to‘sqinlik qila boshlagunga qadar SAXALda G‘azo sektorida amaliyot o‘tkazish uchun cheklangan vaqt bor.
Gazeta manbalarining tushuntirishicha, SAXALning aholi zich joylashgan anklavga quruqlikdagi operatsiyani boshlashi haqidagi haddan tashqari tezkor qarori tinch aholi uchun xavflarni kamaytirishni oldindan rejalashtirish uchun oz vaqt qoldirgan va bu "ko‘plab tinch aholining o‘limiga olib kelgan".
AQSH harbiy-havo kuchlari generali Charlz Kuinton Braun ko‘p sonli tinch aholi qurbonlari HAMAS jangchilarining yanada ko‘payishiga olib kelishidan qo‘rqishini aytgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQSH Prezidenti ma’muriyati Isroil blokada ostida qolgan G‘azo sektori shimolidagi tinch aholining chiqib ketishi uchun hujumlarni kuniga to‘rt soatga to‘xtatishga rozi bo‘lganini e’lon qilgandi.
LiveBarchasi