4 nafar o‘zbekistonlik dzyudochi xalqaro turnirda medallar uchun kurashadi

Sport

image

Ayni kunlarda Toshkent shahrida dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turniri o‘tkazilmoqda. Musobaqaning ikkinchi kunida 4 nafar O‘zbekiston vakili medallar uchun kurashni davom ettirmoqda.

Jumladan, -73 kg vazn toifasida Murodjon Yo‘ldoshev oltin medal uchun tatamiga chiqadi. -81 kg vaznda ikki nafar o‘zbekistonlik dzyudochi bronza medali uchun o‘zaro kurash olib boradi. 

Qizlar o‘rtasida -70 kgda ishtirok etayotgan Gulnoza Matniyozova 3-o‘rin uchun ukrainalik Natalya Chistyakovaga qarshi bahs olib boradi.

Final:

-73 kg: Murodjon Yo‘ldoshev – Doniyor Shamshayev (Qozog‘iston).

Bronza medali uchun:

-81 kg: Sharofiddin Boltaboyev – Muso Sobirov;

-70 kg: Gulnoza Matniyazova – Natalya Chistyakova (Ukraina).


Maqola muallifi

Teglar

dzyudo “Katta dubulg'a”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing