39 nafar Nukus voqeasi ishtirokchilariga 6 fevral kuni sud jarayoni boshlanadi

3-sahifa

image

2022 yil 1-2 iyul kunlari Qoraqalpog‘istonning Nukus shahrida sodir etilgan ommaviy tartibsizliklarning 39 nafar ishtirokchilariga 6 fevral kuni sud hukmi o‘qiladi. Bu haqda Oliy sud Matbuot kotibi Aziz Obidov ma’lum qildi.

“2023 yil 6 fevral kuni soat 10.00 da Buxoro viloyat sudi binosida 39 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni boshlanadi”, degan u o‘zining Telegram sahifasida.

Uning ma’lumot berishicha, ushbu jinoyat ishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati sudyasi Dauletbay Razov raisligida birinchi instansiya sudida ko‘rib chiqiladi.

“Dastlabki tergov organining ayblov xulosasiga ko‘ra sudlanuvchilar A. Mirzambetov, D. Nadirbayev, P. Yesengeldiyev, K. Yeshjanov, M. Pirlepesov, A. Sariyev, N. Bauyetdinov, A. Sharapov, O. Mamutov, R. Dosimbetov, A. Allanazarov, N. Duysenbayev, K. Bekpolatov, R. Baimbetov, Q. Baxiyev, I. Saparov, A. Omirzakov, N. Baylepesov, A. Jumabekov, N. Xabipov, Z. Pirjanov, Z. Tadjimuratov, O. Dosnazarov, T. Ismailov, I. Polatov, Sh. Ashirbekov, D. Ramanov, R. Sultaniyazov, A. Xojanazarov, Ye. Qanaatov, O. Kurbanov, R. Jumabayev, A. Naurizbayev, N. Genjebayev, I. Aitmuratov, A. Yesemuratov, K. Begaliyev, M. Raxmanov, A. Seytmuratov Jinoyat kodeksining 104, 166, 244, 244-1 va 247-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda”, degan Obidov.

Shuningdek, barcha sudlanuvchilarga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgani, sud jarayoni ochiq tarzda o‘tkazilishi ma’lum qilinib, ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar uchun sud majlislarini videokonferensaloqa vositasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatishga mo‘ljallangan hamda barcha texnik sharoitlar yaratilgan matbuot zali tashkil etilgani qo‘shimcha qilingan.

Eslatib o‘tamiz, 31 yanvar kuni Nukus shahridagi ommaviy tartibsizliklarni sodir etganlikda ayblanayotgan 22 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha Buxoroda sud bo‘lib o‘tib, ularga sud hukmi e’lon qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Nukus voqealari Aziz Obidov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing