35 ta OTMga moliyaviy mustaqillik berildi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda 35 ta davlat oliy ta’lim muassasalari to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymatini mustaqil belgilaydi. Bu haqda Prezidentning “Davlat oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida keltirilgan.

Qarorga ko‘ra, moliyaviy mustaqil davlat OTMlari 2022 yil 1 yanvardan quyidagilar bo‘yicha mustaqil qaror qabul qiladi:

•  kontrakt qiymatini, to‘lash muddatlarini belgilash va uzaytirish;

•  mahalliy va xorijiy professor-o‘qituvchi va mutaxassislarni shartnoma asosida jalb qilish;

•  o‘z hisobidan talabalar uchun stipendiya va grantlar ajratish;

•  xorijiy o‘quv va ilmiy adabiyotlar, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarid qilish;

•  bo‘sh turgan bino va inshootlarda pullik xizmatlar ko‘rsatish tartibini belgilash;

•  avtotransport vositalarining yo‘l bosish yillik limiti va ularga xizmat ko‘rsatish talablarini belgilash.

Shuningdek qarorga ko‘ra, ichki audit va moliyaviy nazorat xizmatlari uchun davlat OTM xarajatlarini onlayn monitoring qilish imkoniyati yaratiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

465

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing