32 ta mamlakat olimlari koronavirus masalasida yangi qarorga keldi
Olam
−
06 iyul 2020 25137 1 daqiqa
32 mamlakatdan kelgan olimlar jamoasi koronavirusning havo-tomchilari orqali yuqishi xavfini tan olish uchun JSSTga murojaat qilish niyatida. Tashkilotga murojaatnoma 239 nafar mutaxassis tomonidan tayyorlangan. Bu haqda “The New York Times” nashri yozmoqda.
Ma’lumot shuni ko‘rsatadiki, olimlar virusning yuqish mexanizmiga e’tibor berishdi – ularning fikriga ko‘ra, aksirish yoki yo‘talishdan keyin paydo bo‘lgan virus tomchilari havoda avval o‘ylagandan ko‘ra ko‘proq qolishi mumkin.
Tadqiqotchilar JSST bir qator tavsiyalarni ko‘rib chiqishi kerak, deb hisoblashmoqda.
JSST vakili Benedetta Allegranzi tashkilot virusni havo tomchilari orqali yuqishi mumkinligi haqida bir necha bor ta’kidlaganini aytdi. "Bu ishonchli yoki aniq dalillar bilan tasdiqlanmagan", deydi Allegranzi.
Ochiq xat kelasi hafta nashr etilishi kutilmoqda.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr