32 grammli oltin tangani pullayotganlar ushlandi
3-sahifa
−
06 iyun 2023
8321Toshkent shahrida 1902 yilda ishlab chiqarilgan oltin tangani sotayotgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament Matbuot xizmati xabar berdi.
Unda ta’kidlanishicha, Toshkent shahar Yakkasaroy tumanda A.T. va boshqalar 1902 yilda ishlab chiqarilgan og‘irligi 32,22 gramm bo‘lgan 1 dona “Nikolay-2” oltin tangasini 100 ming AQSH dollariga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Madaniy meros agentligining xulosasiga ko‘ra, ushbu oltin tanganing bugungi kundagi bahosi 1 mlrd so‘mni tashkil etadi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
LiveBarchasi