30 yil oldin muzlatilgan embriondan egizaklar dunyoga keldi

Bu qiziq

image

Amerika Qo‘shma Shtatlarining Tennessi shtatida 30 yildan ortiq vaqt avval muzlatilgan embrionlardan egizak chaqaloqlar dunyoga keldi. Bu haqda CNN nashri xabar berdi.

Oregonlik to‘rt farzandning onasi Reychel Ridjuyey joriy yilning 31 oktyabr kuni egizaklarni dunyoga keltirdi. Lidiya Enn va Timoti Ronald Ridjuyeyning otasi Filipp Ridjuyey “bu hayratlanarli hodisa” deb ta’kidladi.

“Xudo Lidiya va Timotiga hayot berganida men besh yoshda edim va u o‘shandan beri bu hayotni saqlab kelmoqda. Ular bizning eng kichik farzandlarimiz bo‘lsa-da, qaysidir ma’noda katta farzandlarimiz hamdir”, deydi baxtli ota.

Milliy embrion donorlik markazi (NEDC) xodimlarining qayd etishicha, chaqaloqlar muvaffaqiyatli tug‘ilgan eng uzoq muddat saqlangan embrionning yangi rekordini o‘rnatishi mumkin. Bu embrion 1992 yil 22 aprelda suyuq azotda -128 daraja Selsey atrofida saqlash uchun olib qo‘yilgan. Milliy embrion donorlik markazining avvalgi rekordi 27 yil davomida muzlatilgan embriondan 2020 yilda tug‘ilgan Molli Gibsonga tegishli. Ushbu markaz donor qilingan embrionlardan 1200 dan ortiq chaqaloq tug‘ilishiga yordam bergan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1231

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing