30 yil kutilgan minimal iste’mol xarajatlari belgilandi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda minimal iste’mol xarajatlarining miqdori e’lon qilindi: kishi boshiga bir oyda 440 ming so‘m etib belgilandi. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo‘lib o‘tgan “O‘zbekistonda minimal iste’mol xarajatlari qiymatining dastlabki hisob-kitoblari to‘g‘risida” matbuot anjumani doirasida ma’lum qilindi.

Joriy yilning yanvar oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev parlamentga murojaati vaqtida minimal iste’mol xarajatlari miqdori e’lon qilinishini vazifa qilib qo‘ygan edi. 

Ekspertlarning fikriga ko‘ra, O‘zbekistonda minimal iste’mol xarajatlarining miqdorini belgilash — 30 yil davomida kun tartibidan chetda turgan masala. Bu bo‘yicha bir qarorga kelinishi iqtisodiy sektor uchun murakkab va mas’uliyatli qadamdir. 

Ma’lum qilinishicha, minimal iste’mol xarajatlarining tarkibiga oziq-ovqat, nooziq-ovqat mahsulotlari va hizmatlar kiradi. 

Bu miqdor qanday belgilangan?

Xabarga ko‘ra, ushbu miqdor turli izlanish va tadqiqotlar asosida belgilangan va bu qo‘yidagi bosqichlarni o‘z ichiga olgan:

  • Uy xo‘jaliklari o‘rtasida surov o‘tkazish;
  • uy xo‘jaliklarining jon boshiga jami iste’mol xarajatlari o‘rtacha respublika narxlarida aniqlash;
  • bir kishi iste’mol qilgan 1 kkal narxini aniqlash;
  • uy xo‘jaliklari 10 foizlik guruhlarga (detsil) ajratish;
  • birinchi 3 ta detsil minimal xarajatlarni hisoblash uchun referent guruh sifatida ajratib olish;
  • referent guruh har bir uy xo‘jaligini Engel koeffitsiyenti aniqlash;
  • minimal oziq-ovqat xarajatlari qiymatini aniqlash;
  • minimal iste’mol xarajatlari qiymatini aniqlash.

Bu miqdorning jamiyat hayotidagi ahamiyati bo‘yicha qo‘yidagi rasmda batafsil ma’lumot berilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

248

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing