30 yil kutilgan bayram. “Liverpul” Angliya chempioni bo‘ldi

Sport

image

“Liverpul” Angliya futbol chempionatida turnir yakunlanishiga yetti tur qolganida g‘alaba qozondi. Kecha, 25 iyun kuni turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda borayotgan "Manchester Siti" 31-tur uchrashuvida “Chelsi”ga 1: 2 hisobida yutqazib qo‘ydi va Yurgen Klopp jamoasiga yetib olish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi.

“Liverpul” 86 ochkoga ega bo‘lgan bo‘lsa, “Manchester Siti” 63 ochkoni qo‘lga kiritdi. Shu sababli “Liverpul” mamlakatning 19 karra chempioniga aylandi. Klub 1989/90 yilgi mavsumda mamlakat chempionligini qo‘lga kiritgan edi. Bugungacha “Liverpul”dan ko‘ra eng ko‘p "Manchester Yunayted" chempionlikni qo‘lga kiritgan hisoblanadi – 20 marta. 

Bundan tashqari “Liverpul” 14 marta Angliya chempionatida ikkinchi o‘rinni egallagan. Shuningdek, klub Angliya kubogida yetti marta g‘alaba qozongan, Angliya ligasi kubogida esa sakkiz marotaba qo‘li baland kelgan. “Liverpul” jamoasi olti marta Chempionlar Ligasida eng yaxshi deb topildi, uch marta UEFA kubogida (hozir Yevropa Ligasi) g‘olib chiqdi.

Chempionat tugashiga yetti tur qolganda chempionning aniqlanishi Angliya Premer-ligasidagi rekord bo‘ldi. Avvalgisi turnir tugashidan besh tur oldin – 2000/01 mavsumida "Manchester Yunayted" tomonidan tashkil etilgan. 2017/18 yilgi mavsumda "Manchester Siti" tomonidan ushbu ko‘rsatkich takrorlangan.

Yurgen Klopp jamoani Angliya chempionatiga olib borgan birinchi nemis murabbiyiga aylandi. Mutaxassis 2015 yil oktyabr oyida “Liverpul”ni boshqargan, bundan oldin u Dortmundning “Borussiya”si bilan birga ishlagan. Jamoa bilan ikki marta Germaniya chempioni bo‘lgan.

“Liverpul”ning 17 ta goliga mualliflik qilgan misrlik Muhammad Saloh turnirning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi. Jamoa ketma-ket uchinchi mavsumda barcha turnirlarda 100 va undan ortiq gol urdi. Klub 31 ta uchrashuvda o‘z stadionida biror marta ham yutqazmadi. 

Angliya chempionati 17 iyun kuni tiklandi. O‘yinlar xavfsizlik choralariga muvofiq, tomoshabinlarsiz o‘tkaziladi. Jamoalarga besh nafargacha futbolchi almashtirishga ruxsat beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Liverpul' futbold

Baholaganlar

141

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing