30 daqiqada dunyoning kulini ko‘kka sovuradigan submarinlar ma’lum qilindi

Bu qiziq

image

“National Interest” jurnali 30 daqiqada dunyoni yo‘q qilib yuborishga qodir suv osti kemalarini ma’lum qildi. Ro‘yxatga uchta Rossiya va ikkita AQSH kemalari kiritilgan.

Ro‘yxat AQSH Harbiy-dengiz kuchlari va Rossiya Harbiy dengiz flotida mavjud yoki yaqin vaqtda foydalanshga topshiriladigan atom suvosti kemalaridan tuzilgan.

Reytingga 955 “Borey” loyihasi suvosti kemalari kiritilgan va ballistik raketaga ega eng shovqinsiz suzuvchi submarin deb atalgan. Shuningdek, 667BDRM “Delfin” va 885M “Yasen-M” suvosti kemalari ham eng vayronkorlar qatoridan joy olgan. Ahamiyatlisi, “Yasen-M” suvosti kemasi AQSHning sharqiy qirg‘oqlariga 2 ming kilometr masofagacha sezdirmay yaqinlashib kela olishi va ushbu masofadan turib Buyuk ko‘llargacha bo‘lgan nishonni yo‘q qilishi mumkinligi taxmin qilingan.

Ro‘yxatga AQSH suvosti kemalaridan “Ogayo“ va yangi “Kolumbiya“ suvosti kemalari ham kiritilgan. Ular kelasi yili qurila boshlaydi va jangovar safga 2031 yilda kelib qo‘shiladi.

Nashrning ta’kidlashicha, ro‘yxatga kiritilgan ushbu submarinlarning ayrimlari shunchalik qudratliki, ularning bittasi shahar hajmidagi 288 ta nishonning kulini ko‘kka sovurishi mumkin. 

“Agar uchinchi jahon urushi boshlansa, ushbu jangovar mashinalar va ularning jangovar qurollari sivilizatsiyani yo‘q qilishi uchun pitssa buyurtma qilishdan kamroq vaqt ketardi”, deb yozadi nashr.


Maqola muallifi

Teglar

submarin

Baholaganlar

884

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar