3 yoshli go‘dak vahshiylarcha o‘ldirildi
3-sahifa
−
11 iyul
10158Toshkent shahrida 31 yoshli erkak o‘zi bilan birga qonuniy nikohdan o‘tmasdan yashab kelgan ayolning birinchi turmushidan tug‘ilgan 3 yashar o‘g‘lini pichoqlab, o‘ldirdi.
Qotillik sodir etilgani haqidagi ma’lumot 10 iyul kuni tunda tarmoqlarda tarqaldi. Ma’lum bo‘lishicha, voqea 9 iyul kuni tungi soat 3 lar atrofida Toshkent shahrining Yashnobod tumanida sodir bo‘lgan. Jinoyat sodir etilgan ko‘p qavatli binoga mas’ul bo‘lgan shaxsning so‘zlariga ko‘ra, ayblanuvchi va vafot etgan bolaning onasi ko‘p qavatli uyga ijarada yashash uchun kelganiga hali ko‘p bo‘lmagan. Uning qo‘shimcha qilishicha, jinoyat sodir etilgan kuni jinoyatchi narkotik dori vositasini qabul qilgan. Erkak ayolning telefonda boshqa bir kishi bilan gaplashayotganini eshitib, jahl ustida ayolning 3 yoshli bolasini pichoqlab tashlagan.
“Bular er-xotin ekani haqida ma’lumotimiz yo‘q. Ijarada yashash uchun kelganiga ham ko‘p bo‘lmadi. Hali qo‘shnilar bilan tanishishga ham ulgurishmagan. Shaxsan men ham bu uyda ijarachi borligini 2 kun avval bildim.
QALAMPIR.UZ Jinoyat sodir etilgan mahalla noziri, shuningdek, mahalla mas’ullariga yuzlandi. Biroq ularning hech qaysisi rasmiy ma’lumot berishni istagani yo‘q. Yashnobod tuman hokimi yordamchisi Otabek Mirzayev esa holat yuzasidan hech qanday ma’lumotga ega emasligini aytib o‘tdi.
O‘zini tanitishni istamagan mahalla faollaridan biri voqeani yuqoridagidan boshqacharoq tasvirlamoqda.
“Jinoyatchi narkotik dori vositasi ta’sirida bo‘lgan. Kechasi bola yig‘lagan. Bu erkakka yoqmagan. Narkotik tabletka ta’sirida bo‘lgan erkak 3 yashar bolani pichoqlab o‘ldirgan.
Ayol yordam so‘rab ko‘chaga qochib chiqqan, erkak uni ortidan quvib ketgan, bunga guvoh bo‘lgan qo‘shnilar darhol ichki ishlar organlariga xabar bergan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari kelib, erkakni olib ketgan”, deydi u.
O‘zini tanitishni istamagan ayolning qo‘shimcha qilishicha, erkak Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida, ayol esa Toshkent viloyati Qibray tumanida doimiy ro‘yxatda turgan
Hozirgacha ijtimoiy tarmoqlarda yigit va qizni taniganlar holat nima uchun va qanday sodir bo‘lgani haqida o‘z farazlarini taqdim etmoqda. Tarmoqdagilar va yuqoridagi ikki guvohning aytganlari ham rasmiy va tasdiqlangan ma’lumot emas. Bosh prokuratura ham hozirgacha voqea qanday sodir bo‘lganiga aniqlik kiritmadi. Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov hozircha, holat yuzasidan Bosh prokuraturaga rasmiy axborot berib, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlanganini ma’lum qilgan.
Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov ham holat yuzasidan izoh berib, erkak qamoqqa olinganini ma’lum qildi.
LiveBarchasi