3 yoshli bola traktor tirkamasi tagida qolib vafot etdi

Jamiyat

image

Kecha, 17 may kuni soat 09:10 larda Farg‘ona viloyati, Qo‘shtepa tumani, “O‘qchi mahallasi ichki yo‘lida 3 yoshli bolaning o‘limi bilan yakunlangan yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda YHXBB Matbuot xizmati xabar berdi.

Haydovchi 1979 yil tug‘ilgan X.B. “TTZ-80” rusumli traktorni boshqarib ketayotib, Kumariq ko‘chasi, 89-uy yonida qarovsiz qoldirilgan, voyaga yetmagan piyoda 2017 y.t. M.N.ni tirkamaning orqa chap baloni bilan bosib ketgan.

Natijada, piyoda voyaga yetmagan 3 yoshli M.N. (o‘g‘il bola) voqea joyida vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Qo‘shtepa tumani IIB tergov bo‘limi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Farg'ona

Baholaganlar

418

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing