3 yashar go‘dak 4 ta ignani yutib yubordi
Olam
−
26 yanvar 2023 13793 1 daqiqa
Qozog‘istonda 3 yoshli bola 4 ta tikuv ignasini yutib yubordi. Bu haqda “Sputnik Kazaxstan” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Qozog‘istonning Taroz shahrida shifokorlar 3 yoshli bolaning oshqozonidan tikuv ignalarini olib tashlagan.
Shifokorlarga ko‘ra, bolaning onasi farzandining tikuv ignalarini yutib yuborgani shikoyati bilan kelgan. Rentgent apparatida bolakay hammasi bo‘lib, 4 ta ignani yutib yuborgani ma’lum bo‘lgan.
Shifokorlar bir necha kun davomida endoskopik asbob-uskunalar yordamida jarrohlik yo‘li bilan ignalarni olib tashlagan. So‘ngra bolakayning ahvoli yaxshilangach, uyiga yuborilgan.
Ozoda Choriyeva
Live
Barchasi
SAXAL jurnalistlarga zarba berilganini tasdiqlab, ulardan birini “Hizbulloh” terrorchisi deb atadi
28 mart
Tramp “qora shahzoda”ni “orqasidan o‘pishi kerak”ligini va unga “bu yoqimli bo‘lishi”ni aytdi
28 mart