3 yoshli bolaning qotiliga sud hukmi o‘qildi
3-sahifa
−
29 noyabr
6880Toshkent shahrida 3 yashar bolani o‘ldirgan qotilga 24 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Bu haqda sud zalidan QALAMPIR.UZ jurnalisti xabar berdi.
Bugun, 29 noyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudida mazkur ish sudyasi S. Abdug‘aniyev raisligida ko‘rib chiqildi. Prokuror suddan sudlanuvchiga umrbod qamoq jazosi berishni so‘radi.
E’lon qilingan sud hukmiga muvofiq S.M. Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi "v", "j" bandlari, 25,97-moddasi 2-qismi "b", "g", "j", "r" bandlari, 219-moddasi 2-qismi va 251-1-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 59-moddasi tartibida 24 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Shu bilan birga Jinoyat kodeksining 50-moddasi 9-qismiga asosan sudlanuvchiga tayinlangan jazoning dastlabki 4 yilini turmaga qamash tariqasida va qolgan qismini qattiq tartibli koloniyalarda o‘tattirilish belgilandi.
Birinchi instansiya sudining hukmi ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida shikoyat berish va protest keltirishga haqliligi ma’lum qilindi.
Ma’lumot uchun, qotillik joriy yilning 9 iyul kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanida sodir bo‘lgan. Yakkatol ko‘chasidagi ko‘p qavatli uyda ijara asosida yashab kelayotgan 1993 yilda tug‘ilgan erkak, ushbu manzilda qonuniy nikohdan o‘tmasdan yashab kelgan ayol bilan kelib chiqqan o‘zaro janjal oqibatida, ayolning birinchi turmushidan 2021 yilda tug‘ilgan o‘g‘il farzandiga o‘tkir tig‘li jism (pichoq) bilan bir necha marotaba tan jarohatlari yetkazib, hodisa joyidan yashiringan. Bola shifoxonaga olib kelingunga qadar vafot etgan.
Dastlabki tergov organining ayblov xulosasiga ko‘ra, 1993 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan S.M. Jinoyat kodeksining 97, 25,97, 219 va 251-1-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda. Unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
LiveBarchasi