3 yashar bolani o‘ldirgan erkak qamoqqa olindi
3-sahifa
−
11 iyul
12254Avvalroq Toshkent shahrida 31 yoshli erkak o‘zi bilan birga qonuniy nikohdan o‘tmasdan yashab kelgan ayolning birinchi turmushidan tug‘ilgan 3 yashar o‘g‘lini pichoqlab, o‘ldirgani xabar qilingandi. Qotilga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov ma’lum qildi.
Bildirilishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudi tomonidan Yashnobod tumani prokurorining Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi “v”, “j” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinuvchi S. M.ga (erkak, 1993 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan, oilali, ma’lumoti – o‘rta-maxsus, muqaddam sudlangan, ishsiz) nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash hamda sud-psixiatriya ekspertizasi o‘tkazish to‘g‘risidagi iltimosnomalari taqdim etilgan hujjatlar bilan ko‘rib chiqilgan.
Sudning 2024 yil 10 iyuldagi ajrimlari bilan iltimosnomalar qanoatlantirilib, gumon qilinuvchi S. M.ga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilib, sud-psixiatriya ekspertizasi o‘tkazish belgilandi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq mazkur voqea fonida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari Alisher Qodirov murg‘ak bolaga vahshiylik qilgan inson yashamasligi kerakligini aytgandi.
LiveBarchasi