3 yashar bola FIDE reytingiga kiritildi
Sport
−
05 dekabr 2881 1 daqiqa
Hindistonlik Sarvagya Singx Kushvaxa shaxmat tarixida eng yosh FIDE reytingiga ega shaxmatchi bo‘ldi. U bu natijaga 3 yosh-u 7 oy, 20 kunligida erishib, rekord o‘rnatdi. Bu haqda “Thye Times of India” nashri xabar berdi.
Shu tariqa u 3 yosh-u 8 oy, 19 kunligida reytingga kirgan boshqa hind shaxmatchisi Anish Sarkarning avvalgi rekordi yangilandi.
Madxya-Pradesh shtatidagi bolalar bog‘chasida tahsil olayotgan Kushvaxaning reytingi 1572 ball. FIDE qoidalariga ko‘ra, rasmiy reytingga ega bo‘lish uchun shaxmatchi kamida bir nafar FIDE reytingiga ega raqibni mag‘lub etishi kerak. Kushvaxa rekordini tasdiqlash uchun o‘z shtatida va Hindistonning boshqa hududlarida o‘tkazilgan turnirlarda uch nafar reytingli shaxmatchini mag‘lub etgan.
Reyting bu shaxmatchining kuchini baholovchi ko‘rsatkich bo‘lib, natijalar asosida shakllanadi. Masalan, tezkor shaxmat bo‘yicha dunyoning birinchi raqamli shaxmatchisi Magnus Karlsenning reytingi 2824 ballni tashkil etadi.
Ma’lumot uchun, Hindiston shaxmat bo‘yicha kuchli maktabga ega bo‘lib, Gukesh Dommaradju va amaldagi jahon chempioni va besh karra Jahon kubogi g‘olibi Vishvanatan Anand kabi yulduzlarni yetishtirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov Buyuk Britaniyaning London shahridagi Emirates Stadium majmuasida shaxmat bo‘yicha London Chess Classic 2025 turnirida g‘alaba qozongan edi.
Live
Barchasi