3 ta jinoyatda ayblangan buxorolik Chirchiqda ushlandi
3-sahifa
−
04 noyabr 2021
5562Joriy yilning 19 oktyabr kunidan beri Jinoyat ishlari bo‘yicha Qorako‘l tuman sudi tomonidan qidiruv e’lon qilingan shaxs Toshkent viloyati Chirchiq shahrida qo‘lga tushdi. Bu haqda Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Qorako‘l tumani IIB xodimlari o‘tkazgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 1-qismi, 28,211-moddasi (pora berish) 1-qismi, 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish) 2-qismi “b” bandida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybli deb topilib, sud-tergov organlaridan yashirinib yurgan R.B. Toshkent viloyati Chirchiq shahrida qo‘lga olingan.
Ma’lum qilinishicha, ushbu shaxs 1968 yilda tug‘ilgan. Hozirga qadar Qorako‘l tumani Qoraqulonchi mahallasida ro‘yxatda turadi. Joriy yilning 19 oktyabr kuni R.B.ga nisbatan Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudi tomonidan qidiruv e’lon qilingan.
Xabarga ko‘ra, qo‘lga tushgan R.B. vaqtincha saqlash hibsxonasiga topshirilgan.
LiveBarchasi