3 ta viloyat elektr energiyasi ta’minotiga cheklovlar kiritiladi
Jamiyat
−
05 yanvar 2023
22686Surxondaryo, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida jadval asosida elektr energiyasi ta’minoti bo‘yicha cheklovlar kiritilishi ma’lum qilindi.
Surxondaryo viloyati hokimligiga ko‘ra, yagona elektr energetika tizimi favqulodda o‘chishlar va o‘ta-xavfli rejim holatlarda, quvvat va yoqilg‘i tanqisligi bo‘lgan vaqtlarda 4 yanvardan 31 yanvarga qadar “Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali hamda "Hududiy elektr tarmoqlari" filiali tasarrufida bo‘lgan podstansiyalardan chiquvchi tarmoqlarini cheklash bo‘yicha maxsus jadval tasdiqlandi.
Shuningdek, Buxoro viloyati hokimligi ham xuddi shunday cheklovlar kiritilishini ma’lum qilgan.
“Tizimda quvvat tanqisligi kuzatilgan vaqtlarda hududlarga 3-10 yanvar kunlari jadval asosida cheklovlar kiritilishi mumkinligini bildiramiz”, deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, Qashqadaryo energotizmida quvvat yetishmovchiligi kuzatilayotgani bois 3 yanvardan cheklovlar joriy etilgan. Elektr cheklovlari avvaldan ishlab chiqilgan grafik asosida hududlar teng taqsimot asosida olib boriladi.
“Elektr energiyasidan tejamkorlik bilan foydalanishingizni so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi