3 mingdan ortiq maktabga suv tashib keltiriladi – Prezident

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining birinchi Yalpi majlisi davom etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida ijtimoiy muammolarga e’tibor qaratdi. 

Prezidentning qayd etishicha, aholini qiynayotgan muammolarni hal etishning samarali tizimini yaratish lozim. 

“Tizim bor, lekin u samara bermayapti. Yangi tajribani o‘rganish kerak. Uch yil oldin joyiga chiqib o‘rganish va muhokama qilish amaliyotini joriy qildik. Ammo kutilgan natijani berdi, deb aytolmaymiz. 

Odamlarning e’tiroziga sabab bo‘layotgan kommunal sohada juda ko‘p muammolar mavjud”, deydi davlat rahbari.

Prezidentning qayd etishicha, kommunal sohadagi muammoning eng og‘riqlisi toza ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasi pastligi.  

“Respublikamizda toza ichimlik suvi bilan ta’minlash atigi 68 foizni tashkil etadi. 3 mingdan ortiq maktabda ichimlik suvi tashib keltiriladi. 261 ta maktab suv bilan mutlaqo ta’minlanmagan”, deydi Prezident.


Maqola muallifi

Teglar

Yalpi majlis Senat Oliy Majlis

Baholaganlar

54

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing