29 yoshli erkak politsiya itini tishladi

Olam

image

Germaniyaning Gessen shahridagi Ginsxaym-Gustavsburg kommunasida politsiya qo‘lga olmoqchi bo‘lgan erkak qarshilik ko‘rsatib, xizmat itini tishlab oldi. Bu haqda “Associated Press” nashri xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, mazkur voqea 14 oktyabr kechasida sodir bo‘lgan. 29 yoshli ikki erkak va 35 yoshli ayol o‘rtasida tortishuv kelib chiqqan. Vaziyatni bostirish uchun guvohlar tomonidan politsiya chaqirilgan.

Tartibni buzuvchilar juda tajovuzkor bo‘lib, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining talablariga bo‘ysunishdan bosh tortgan.

Jinoyatchilarni qo‘lga olish chog‘ida 35 yoshli ayol politsiyachining yuziga urgan, 29 yoshli erkak esa itni tishlagan. Ma’lumotlarga ko‘ra, it jiddiy jarohat olmagan.

Temur Jumayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

429

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing