29 avgustda 337 kishida koronavirus aniqlandi
Jamiyat
−
29 avgust 2020
9459Bugun, 29 avgust kuni O‘zbekistonda 337 holatda kasallik qayd etilgan bo‘lib, barchasi tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, Toshkent shahrida 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Buxoro, Andijon, Qashqadaryo, Namangan hamda Farg‘ona viloyatlarida jami 412 nafar bemor sog‘aydi.
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 41 160 nafar bemordan 38 359 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 93 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2492 nafar bemordan 276 nafari og‘ir, 138 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
LiveBarchasi