25 yanvardagi quyuq tuman inson salomatligi uchun xavflimi
Jamiyat
−
26 yanvar 2022
5196Kecha, 25 yanvar kuni kuzatilgan qalin tuman inson salomatligi uchun xavfsiz darajada bo‘lgan. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi direktorining birinchi o‘rinbosari Ibratjon Karimov ma’lum qildi.
“Kecha, 25 yanvar kuni kechasi sovuq antitsiklon oqibatida Toshkent shahri va Toshkent viloyatida qalin tuman tushishi hodisasi kuzatildi. Ko‘rinuvchanlik joylarda 50 – 200 metrgacha cheklandi. Mazkur qalin tuman inson salomatligi uchun xavfsiz hisoblanadi”, dedi Ibratjon Karimov.
Ma’lum qilinishicha, 27-28 yanvar kunlari Sibir antitsikloni chekinishi hisobiga mahalliy xususiyatga ega iliq xavo massalari rivojlanib, kechalari 0 va undan yuqori xavo harorati, kunduz kunlari esa 7-12 daraja iliq harorat kutiladi.
28 yanvar kuni tushdan so‘ng beqaror ob-havo kuzatila boshlaydi. Respublikaga g‘arbdan to‘yingan nam xavo oqimlari kirib kelishi hisobiga, avvaliga respublikaning shimoliy hududlari (Qoraqalpog‘iston, Xorazm viloyati), Markaziy qismi (Buxoro, Navoiy, Samarqand va Jizzax viloyatlari), Qashqadaryo va Surxondaryo hududlarida, shuningdek kechga borib Toshkent shahri va viloyatida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kutiladi.
Dam olish kunlari Farg‘ona vodiysida ham yog‘ingarchiliklar bo‘lishi kutilmoqda.
LiveBarchasi