24 sentyabr kuni FOOD CITY bozoriga tongi savdoning ochilishiga taklif qilamiz

Biznes

image

“Yangi Qo‘yliq” dehqon bozori – FOOD CITY majmuasidan qadrli mijozlariga yana bir xushxabar. Joriy yilning 24 sentyabr kuni ertalab soat 3:00 dan boshlab FOOD CITY majmuasining ikkinchi bosqichi ochiladi. Bu bosqichda tongi ulgurji savdo olib boriladi va majmua tongi soat 03:00 dan boshlab xaridorlarga xizmat ko‘rsatadi. 

Eslatib o‘tamiz, ochilishning birinchi bosqichida chakana savdo yo‘lga qo‘yilgan edi. Ikkinchi bosqichda esa ulgurji savdo yo‘lga qo‘yilmoqda. Siz majmuamizdan:

• oilaviy bayram uchun oziq-ovqatlar;
• restoran yoki banket uchun mevalar;
• qish uchun bodringni tuzlash yoki ikra tayyorlashga mahsulotlar xarid qilishingiz mumkin.

Birinchi qo‘ldan ulgurji bozorda arzon harid qilishni o‘tkazib yubormang.

FOOD CITY  majmuasi ma’muriyati 24 sentyabr kuni savdoda boshqa savdo komplekslarida mavjud narxlardan ham arzon ulgurji narxlar bo‘lishi uchun tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirdi. FOOD CITY majmuasi o‘z xaridorlariga qulaylik yaratish maqsadida mahsulot narxi o‘rtasidagi farqni o‘z hisobidan qoplaydi.

Ulgurji savdoni amalga oshirish uchun kelgan haridorlarga FOOD CITY majmuasi quyidagi qulayliklarni taklif etadi:

• kross-docking xizmati – bu omborda xizmatidan foydalanmasdan turib mahsulotni ishlab chiqaruvchidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotib olish;
• tunu-kun faoliyat ko‘rsatuvchi 400 ta yuk va 3000 ta yengil avtomobilga mo‘ljallangan katta avtoturargoh;
• mahsulotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri quruq, muzlatgich yoki sovutgich ombordan yuklab olish imkoniyati;
• uzoq viloyatlardan kelgan haydovchi va savdogarlar uchun FOOD CITY majmuasida joylashgan 24/7 faoliyat ko‘rsatuvchi, barcha qulayliklarga yega mehmonxona xizmatidan foydalanish.

FOOD CITY’ni barpo qilish jarayoni ancha avval, 2018 yilda boshlangan edi. Hozirda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori asosida, eski “Qo‘yliq” dehqon bozorini mana shu savdo maskaniga bosqichma-bosqich ko‘chirish jarayoni ketmoqda. Kelgusida bu majmuani yanada kengaytirish, mahsulotlarni qayta ishlash tizimini yo‘lga qo‘yish maqsad qilingan.

Murojaat uchun telefon: (+998) 55–500–00–04

Telegram

Reklama huquqi asosida

Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

78

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing