24 nafar tadbirkorning 2,1 trillion so‘m investitsiyasi nimalarga sarflanadi?
Olam
−
10 may 2019
4144Toshkent shahar hokimligida bo‘lib o‘tgan “Investor kuni”da 24 nafar tadbirkorga 2,1 trillion so‘mlik investitsiyalarni amalga oshirish bo‘yicha qarorlar topshirildi. Bu haqda hokimlik Axborot xizmati xabar tarqatdi.
Unda aytilishicha, respublika ishchi guruhi tomonidan ma’qullangan 46 nafar tadbirkor sanoat korxonalarini ochish, yangi turar joy va xizmat ko‘rsatish muassasalarini barpo etishga oid loyihalari bilan ishtirok etgan.
Tadbir yakunlari bo‘yicha 46 nafar tadbirkorning 24 nafariga umumiy qiymati 2,1 trln.so‘mlik loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha Toshkent shahar hokimining qarorlari topshirildi. Shundan 88,5 mln.AQSH dollari to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy sarmoyadir.
Shuningdek, tadbirda umumiy qiymati 375,3 mlrd.so‘m bo‘lgan 22 ta loyihalar yuzasidan vakolatli tashkilotlar bilan kelishuv jarayoni bo‘lib o‘tdi, – deyiladi xabarda.
LiveBarchasi