23 yanvardan barcha maktablarda III chorak boshlanadi
Jamiyat
−
22 yanvar 2023
7112Ertaga, 23-yanvardan barcha hududlarda III chorak darslari boshlanishi ma’lum qilindi.
Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan kelishgan holda qaror qabul qilgan.
"Bunda issiqlik ta’minotida muammosi bo‘lgan maktablar holat yaxshilanguniga qadar o‘qishni vaqtincha masofadan olib borishlariga ruxsat etiladi", deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, aynan qaysi mayetablarda vaqtincha masofaviy ta’lim tizimiga o‘tilishi haqida hududlarning ijtimoiy tarmoq kanallari hamda maktab rahbarlari tomonidan bevosita ota-onalarga xabar beriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Maktab va maktabgacha ta’lim vazirligi O‘zbekistondagi barcha maktablarda qishki ta’til 17 yanvargacha uzaytirilgani, 2022-2023 o‘quv yilining III choragi esa 2023 yilning 18 yanvaridan boshlanishini bildirgandi. Biroq, joriy yilning 10 yanvar kuni qishki ta’til davrini uzaytirish vakolati hududdagi ob-havo sharoitlarini inobatga olgan holda, mahalliy hokimliklarga berilganini aytib chiqgandi.
LiveBarchasi