23 noyabrda O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?
Bu qiziq
−
22 noyabr 2020
53352Gidrometeorologiya xizmati markazi ertaga, 23 noyabr kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatilishini ma’lum qildi.
Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 6-8 daraja sovuq, kunduzi 0-2 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 5-10 metr sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 2-3 daraja sovuq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 5-10 metr sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-9 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq -3 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 5-10 metr sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq -3 daraja iliq bo‘ladi.
Samarqand, Jizzax viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechga tomon ba’zi joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 5-10 metr sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq -3 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 5-10 metr sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 5-10 metr sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, tog‘ oldi va tog‘ hududlarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol shimoli-sharqdan 5-10 metr sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja sovuq, kunduzi 4-9 daraja sovuq bo‘ladi.