22 yoshli yigit metro poyezdi yo‘lagiga o‘zini tashladi

3-sahifa

image

Bugun, 14 aprel kuni "Toshkent metropoliteni"ning "Pushkin" bekatida 22 yoshli yigit o‘zini poyezd yo‘lagiga tashladi. Bu haqda metropoliten matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, metropolitenning "Pushkin" bekatida 2000 yilda tug‘ilgan fuqaro qasddan  o‘zini poyezd yo‘lagiga tashlagan. Bu vaqtda poyezdlar harakati 5 daqiqaga to‘xtatilgan va mashinistning tezkor to‘xtashi natijasida fuqaro omon qolgan.

“Mashinistning tezkor to‘xtashi natijasida yo‘lovchi omon qoldi va Ichki ishlar hamda metropoliten xodimlari tomonidan hech qanday jarohatsiz qutqarib olindi”, deyiladi xabarda.

Xabarga ko‘ra, holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 24 fevral kuni Toshkent metrosida o‘zini poyezd tagiga tashlagan sirdaryolik erkak voqea joyida vafot etgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

973

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing