21 ta davlat kompaniyasining aksiyalari fond birjalarida sotiladi

Jamiyat

image

Davlat ulushi bor 21 ta kompaniya aksiyalarini mahalliy va xalqaro fond birjalarida sotish rejalashtirilyapti. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining  joriy yilning 15 avgust kuni qabul qilingan “Davlat ishtirokidagi yirik korxonalar aksiyalarini fond birjasida birlamchi va ikkilamchi ommaviy joylashtirish to‘g‘risida”gi qarorida belgilandi.

Hujjat bilan 2022-2023 yillarda davlat ishtirokidagi yirik korxonalar aksiyalarini fond birjasida birlamchi va ikkilamchi ommaviy joylashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

21 ta kompaniyani auditdan o‘tkazish, xususiylashtirish jarayonlariga xalqaro ekspertlarni jalb qilish hamda korxonalar aksiyalarini mahalliy va xorijiy fond birjalarida ommaviy joylashtirish rejalashtirilmoqda.

“Yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalarning ijrosini sifatli va o‘z muddatida ta’minlashga korxonalarning ijro etuvchi organi rahbarlari shaxsan mas’ul hisoblanadilar. Aksiyalari sotiladigan kompaniyalar bilan ushba havola orqali tanishishingiz mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

132

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing