21 oktyabr dam olish kunimi?
Bu qiziq
−
20 Oktabr 2020 37252 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda 21 oktyabr kuni dam olish kuni ekani haqida xabarlar tarqaldi. Bunga esa shu mazmundagi qonun surati tarqalgani sabab bo‘ldi.

Shu sababda odamlar orasida turli fikrlar yuzaga kelgach, vaziyatga qonunchilikka ko‘ra oydinlik kiritishga ehtiyoj paydo bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga ko‘ra, quyidagi kunlar bayram (ishlanmaydigan) kunlari hisoblanadi:
• 1 yanvar – Yangi yil;
• 8 mart – Xotin-qizlar kuni;
• 21 mart – Navro‘z bayrami;
• 9 may – Xotira va qadrlash kuni;
• 1 sentyabr – Mustaqillik kuni;
• 1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni;
• 8 dekabr – Konstitutsiya kuni;
• Ro‘za hayit (Iyd al-Fitr) diniy bayramining birinchi kuni;
• Qurbon hayit (Iyd al-Adha) diniy bayramining birinchi kuni.
“O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida”gi Qonun (10.04.2020 yil, O‘RQ–615-son)ga ko‘ra, 21 oktyabr O‘zbek tili bayrami kuni etib belgilangan, ushbu kun dam olish kuni hisoblanmaydi.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr