21 avgust kuni umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi

Jamiyat

image

Joriy yilning 21 avgusti O‘zbekistonda umumxalq obodonlashtirish xayriya hashari kuni etib belgilandi. Bu haqda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi Matbuot xizmati ma’lum qildi

Qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasining joriy yil 12 avgustdagi tegishli farmoyishiga asosan 21 avgust – umumxalq obodonlashtirish xayriya hashari kuni hamda 2021 yilning avgusti mahallalarni obodonlashtirish oyligi etib belgilangan. Bundan quyidagi maqsadlar ko‘zlangan:

  • O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligini munosib nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish; 
  • mahallalar va xonadonlar ozodaligiga hissa qo‘shish; 
  • aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qismini qo‘llab-quvvatlash.

Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

99

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing