2030 yilgacha issiqxona gazlari ulushi 35 foizga kamaytiriladi – Mirziyoyev

Jamiyat

image

Glazgoda o‘tkazilgan Iqlim bo‘yicha xalqaro sammitda O‘zbekiston 2030 yilgacha yalpi ichki mahsulotga nisbatan issiqxona gazlari ulushini 35 foizga kamaytirishni tashabbus qildi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 22 noyabr kuni navbatdagi yig‘ilishda aytib o‘tdi.

Ayni vaqtda Prezident huzurida 2022 yilda qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanish sohasida davlat-xususiy sheriklik loyihalarini ko‘paytirish chora-tadbirlari yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.

Prezident huzuridagi yig‘ilishda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini kengaytirish va sohani yanada rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalarni muhokama qilinmoqda.

“Glazgoda o‘tkazilgan Iqlim bo‘yicha xalqaro sammitda O‘zbekiston 2030 yilgacha yalpi ichki mahsulotga nisbatan issiqxona gazlari ulushini 35 foizga kamaytirishni tashabbus qildi.

O‘tgan uch yilda qayta tiklanuvchi energiya uchun huquqiy baza shakllantirilib, qulay shart-sharoitlar yaratildi.

Natijada 3 millard dollar miqdorida xorijiy investitsiyalar hisobiga 2,9 ming megavattli 10 ta quyosh va shamol elektr stansiyalarini barpo etish ishlari boshlandi”, deydi Mirziyoyev.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

118

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing