2030 yilgacha 6 ta shahar suv ostida qolishi mumkin
Olam
−
07 noyabr 2021
19464Dunyoning turli davlatlaridagi kamida oltita shahar iqlim o‘zgarishi sabab yaqin o‘n yillikda (2030 yilgacha) to‘liq yoki qisman suv ostida qoladi. Bu haqda “The India Times” nashri Climate Central notijorat tashkilotining Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha hukumatlararo ekspertlar guruhi ma’lumotlariga asoslanib tuzgan xaritasiga tayanib, xabar berdi.
Gazetaning qayd etishicha, Amsterdam dengiz sathining ko‘tarilishi sababli birinchilardan bo‘lib suv ostida qoladi. Ro‘yxatning keyingi o‘rinidan Iroqning Shatt al-Arab daryosi bo‘yida joylashgan Basra shahri joy oldi. “The India Times”ning yozishicha, shaharni botqoqlik o‘rab turadi.
To‘g‘on tizimi mavjudligiga qaramay Yangi Orlean (Luiziana, AQSH) ham suv ostiga g‘arq bo‘lishi mumkin. To‘rtinchi o‘rinni Venetsiya egallagan. Ta’kidlanishicha, Italiyadagi shaharda quruqlik darajasi yiliga 2 mm ga pasayyapti. Vetnam janubidagi Xoshimin shahri ham suv ostida qoladigan shaharlar ro‘yxatiga kiritilgan. Bashoratlarga ko‘ra, shaharning Mekong daryosi yaqinidagi janubiy tumanlari suv ostida qolishi mumkin. Ro‘yxatni Hindistonning Kalkutta shahri yakunlab bergan. Shahar Ganga daryosi deltasida, Hindiston sharqida joylashgan.
“The India Times” ma’lumotlariga ko‘ra, ro‘yxatni tuzishda atrof-muhit ifloslanishining hozirgi trayektoriyasi asos qilib olingan.
LiveBarchasi