2025 yilda Toshkent metrosidan rekord darajada yo‘lovchi foydalandi
Jamiyat
−
10:28 1169 1 daqiqa
2025 yilda Toshkent metropoliteni rekord darajada yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yilda Toshkent metrosi jami 286,8 mln yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatgan. Bu bir kunda o‘rtacha 785,6 ming yo‘lovchiga to‘g‘ri keladi.
Ma’lumot o‘rnida, bu metropoliten tarixidagi eng yuqori ko‘rsatgich hisoblanib, 2024 yilgi raqamlarga nisbatan 6,1 foizga oshgan.
Ushbu ko‘rsatkich yillar kesimida quyidagicha:
- 2020 yil – 38,8 mln;
- 2021 yil – 101,8 mln;
- 2022 yil – 136,7 mln;
- 2023 yil – 172 mln;
- 2024 yil – 270,3 mln;
- 2025 yil – 286,8 millionni tashkil etgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent metropolitenining 19 ta metro bekatlaridagi kassalar yopilishi haqida xabar berilgandi.
Aliqulov Javohir
Live
Barchasi