2025-yil O‘zbekistonda qancha egizak chaqaloq tug‘ilgani aytildi
Bu qiziq
−
04 fevral 2108 1 daqiqa
2025 yilda O‘zbekistonda 879 599 ta tirik tug‘ilish holatlari qayd etilgan. Shundan bir nafar tug‘ilganlar 859 065 nafar, egizak tug‘ilganlar 19 976 nafar, uch nafar va undan ortiq tug‘ilganlar soni esa 558 nafarni tashkil etgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Ma’lumot uchun 2024 yil davomida O‘zbekistonda 926 422 nafar chaqaloq dunyoga kelgan edi. Ularning 479 552 nafari o‘g‘il, 446 870 nafari esa qiz bola edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda tug‘ilish va nikohlar soni kamaygani haqida xabar berilgandi.
Aliqulov Javohir
Live
Barchasi