2023 yilgacha jamoat transportining kamida 50 foizi muqobil yoqilg‘iga o‘tkaziladi

Jamiyat

image

2023 yilgacha jamoat transportining kamida 50 foizi gaz-ballon yoqilg‘i, elektr va boshka muqobil yoqilg‘i turlariga o‘tkaziladi. Bu haqda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Azizjon Kalimbetov ma’lum qildi:

Uning so‘zlariga ko‘ra, 2023 yilgacha bo‘lgan Atrof-muhitni muhofaza qilish Konsepsiyasi doirasida jamoat transportining kamida 50 foizini gaz-ballon yoqilg‘i, elektr va boshka muqobil yoqilg‘i turlariga o‘tkazish belgilangan.

“Joriy yilning o‘tgan davrida respublikada foydalanishdagi 3 milliondan ortiq avtotransport vositasining 60 foizi gaz yoqilg‘isida harakatlanishga mo‘ljallangan”, deydi Kalimbetov.

Mas’ul so‘zida davom etib, transport vositalaridan atmosferaga tashlamalarni kamaytirish va me’yor darajasida ekanini aniqlash maqsadida joriy yilning bahor mavsumida “Toza havo” tadbirining birinchi bosqichi o‘tkazilganini ta’kidladi.

Tadbir davomida 120 mingdan ortiq transport vositasi ko‘rikdan o‘tkazilib, ularning qariyib 5 mingtasi belgilangan me’yorlardan ortiq ekani aniqlandi va ularning 1,5 mingga yaqini vaqtincha to‘xtatilishi evaziga atmosferaga kuniga o‘rtacha 80 tonna zararli moddalar tashlashnishining oldi olingan. Hozirda, tadbirning 2-bosqichi — 10 avgustdan 10 sentyabrgacha bo‘lib o‘tmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

100

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing