2023 yilda O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sish prognozi e’lon qilindi
Jamiyat
−
11 yanvar 2023
6245Joriy yilda O‘zbekiston iqtisodiy o‘sishi 4,9 foizni tashkil etishi prognoz qilindi. Bu Jahon banki hisobotida keltirilgan.
Ma’lum qilinishicha, 2022 yilda O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulotning o‘sish darajasi 5,7 foizga yetgan. 2021 yilda esa 7,4 foizni tashkil etgan edi. Qayd etish joiz, bu ko‘rsatkich yildan-yilga pasayib bormoqda.
2023 yilda Rossiyada retsessiya va Xitoydagi sekin o‘sish Markaziy Osiyodagi iqtisodiy faollik darajasiga salbiy ta’sir qiladi. Prognozlarga ko‘ra, joriy yilda mintaqaning iqtisodiy o‘sishi 4,9 foizni tashkil etadi. Markaziy Osiyo davlatlaridagi YAIMning o‘sishi quyidagicha:
- O‘zbekistonda 4,9 foizga
- Qozog‘istonda 3,5 foizga
- Qirg‘izistonda 3,5 foizga
- Tojikistonda 5% oshishi kutilmoqda.
LiveBarchasi