2023 yilda Markaziy Osiyo iqtisodiyoti qanchalik o‘sadi?
Olam
−
22 may 2023
5767Rossiyadagi tanazzul Markaziy Osiyo mamlakatlarida iqtisodiy o‘sish sur’atlarining kutilayotgan pasayishiga olib kelmadi. Bu haqda Xalqaro valyuta jamg‘armasi tahlilchilari tomonidan e’lon qilingan maqolada keltirilgan.
Qayd etilishicha, Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodi Ukrainadagi urushning salbiy oqibatlariga ancha chidamli ekanligini isbotladi.
"Aksincha, mintaqadagi aksariyat mamlakatlar kutilmagan ijobiy tashqi ta’sirlar tufayli sezilarli o‘sish sur’atlarini boshdan kechirdi", deyiladi jamg‘arma maqolasida.
Keltirilishicha, Rossiyadan pul o‘tkazmalarining keskin o‘sishi va rossiyalik migrantlar oqimi mintaqaning aksariyat mamlakatlari xizmat ko‘rsatish sohasini qo‘llab-quvvatlagan.
Fond iqtisodchilarining fikriga ko‘ra, Ukrainada urush boshlanganidan beri savdo yo‘llaridagi o‘zgarishlar va boshqa logistika qiyinchiliklariga moslashish mintaqadagi ayrim davlatlarning (Tojikiston va O‘zbekiston) Rossiya bilan o‘zaro savdo hajmi oshishiga olib kelgan.
Iqtisodchilar mintaqa mamlakatlari uchun 2023 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy o‘sish prognozini avvalgi 5,0 foizdan 5,2 foizga oshirgan.
Yevropada tiklanish va taraqqiyot banki mutaxassislarining fikricha, 2024 yilda korxonalar va jismoniy shaxslarning Rossiyadan ko‘chirilishi, boshqaruvni yaxshilash, eksport hajmini oshirish va pandemiyadan keyin Xitoyning “ochilishi” hisobiga 5,4 foizgacha o‘sish davom etadi.
LiveBarchasi