2023 yilda davlat byudjetidan qancha pul o‘marilgani aytildi
Jamiyat
−
16 yanvar
148842023 yilda O‘zbekiston davlat byudjetidan 1,2 trillion so‘mlik noqonuniy xarajat hamda 200 milliard so‘mlik kamomad va o‘g‘riliklarga yo‘l qo‘yilgan. Bu haqda bugun, 16 yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, Jizzax politexnika institutida haqiqatda ishlamagan 110 nafar fuqaroga, qariyb 10 milliard so‘m ish haqi hisoblanib, noqonuniy o‘zlashtirilgan.
Shuningdek, Namangan, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlari “Yagona buyurtmachi xizmati” kompaniyalari 18 ta ob’ektda amalda bajarilmagan 50 milliard so‘mlik ishlarni hisobotlarga qo‘shib yozgan.
Sergeli obodonlashtirish boshqarmasida ham aslida ishlamagan xodimlarga 4,3 milliard so‘m to‘langan.
Qo‘shrabot ta’lim bo‘limi buxgalteri tomonidan esa 3 milliard so‘m naqd pul va 1,5 milliard so‘m mablag‘ plastik karta orqali noqonuniy o‘zlashtirilgan.
Bundan tashqari, "O‘zgidromet" rahbariyati byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan asossiz 1,3 milliard so‘m ssuda olgan, shuningdek, o‘zlariga bir necha karra ko‘p mukofotlar yozib kelgan.
Ta’kidlanishicha, davlat tashkilotlari rahbarlari o‘zlariga asossiz ravishda mukofotlar va boshqa moddiy rag‘batlantirish pullarini yozib kelayotgani bilan bog‘liq holatlar tekshiriladi va mablag‘larning byudjetga qaytarilishi ta’minlanadi.
LiveBarchasi