2023 yilda Baydenning Ukraina oldidagi asosiy vazifasi ochiqlandi
Olam
−
05 yanvar 2023 5232 1 daqiqa
AQSH Prezidenti Jo Bayden joriy yilda Ukrainaga qurol yetkazib berishga e’tibor qaratadi. Bu fikrni "Foreign Policy" nashri tahlilchilari bildirdi.
“Ukrainaga eng yirik harbiy yordam ko‘rsatuvchi sifatida Bayden ma’muriyatining asosiy vazifasi Kiyevga jangni davom ettirishga imkon berish uchun qurol-yarog‘ni barqaror ta’minlashdan iborat. Shuningdek, Kongressda respublikachilar nazoratini kuchaytirish va tayyorgarlikni ta’minlash bo‘yicha AQSH oldidagi o‘z majburiyatlarini muvozanatlash ham Bayden ma’muriyatining asosiy vazifalaridan”, deyiladi bayonotda.
Tahlilchilarning fikricha, Amerika yetakchisi o‘zining asosiy vazifasini amalga oshirish bilan birga qator muammolarga duch keladi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, tobora ko‘proq amerikalik siyosatchilar Kiyevning moliyalashtirilishiga qarshi chiqmoqda.
Bundan tashqari, nashrning qayd etishicha, Bayden Xitoy bilan raqobat va Yevropadagi o‘z ittifoqchilari pozitsiyasiga e’tibor qaratishi kerak.
Avvalroq, AQSH sobiq Prezidenti Jorj Bushning milliy xavfsizlik bo‘yicha sobiq maxsus maslahatchisi Maykl Allen agar Vladimir Zelenskiy jang maydonida oldinga intilishni to‘xtatsa, G‘arb Ukrainaga homiylik qilishni to‘xtatishi mumkinligini aytgandi.
Live
Barchasi