2023/2024 o‘quv yilidan faqat byudjet uchun kvotalar e’lon qilinadi
Jamiyat
−
18 may 2022
149542023/2024 o‘quv yilidan boshlab barcha davlat oliy ta’lim muassasalariga davlat buyurtmasi parametrlari faqatgina davlat grantlari bo‘yicha tasdiqlanadi. Bu haqda “2022/2023 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi qaror loyihasida keltirilgan. Hujjat Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirilgan.
To‘lov-kontrakt asosidagi qabul o‘rinlari oliy ta’lim muassasalari, moliyaviy va akademik mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalarining Kuzatuv kengashlari, bo‘ysunuviga ko‘ra tegishli vazirlik va idoralar, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda mustaqil tasdiqlanadi.
Loyiha muhokamasi 1 iyungacha davom etadi.
Avvalroq, oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotalari e’lon qilinganini xabar qilgandik. Bunda 2022/2023 o‘quv yili uchun bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha kunduzgi ta’lim shakliga —76 728 nafar, sirtqi ta’lim shakliga — 27 365 nafar talaba qabul qilinishi mumkin.
LiveBarchasi