2022 yilning eng serdaromad sportchilari ma’lum bo‘ldi

Sport

image

2022 yilning  eng serdaromad sportchisi deya amerikalik basketbolchi Lebron Jeyms tan olindi. Bu haqda “Sportico” media kompaniyasi ma’lum qilgan

"Los-Anjeles Leykers" forvardi Lebron so‘nggi 12 oyda mobaynida 126,9 million dollar ishlab topgan. Bu pullarning 90 million yevrosi reklamalar hissasiga to‘g‘ri kelsa, 36,9 million dollar Lebronning klubdan oladigan 1 yillik maoshi hisoblanadi. Dunyoning eng kuchli basketbolchisidan keyingi o‘rinda futbolchilar Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu joylashgan.

Dunyoning eng boy 100 ta sportchisi qatoriga 36 ta NBA basketbolchisi, 25 ta NFL futbolchisi, 13 ta futbolchi, 12 ta beysbolchi va boshqa sport turlaridan vakillar kiritilgan.

Eng serdaromad 10 ta sportchi bilan tanishing:

1. Lebron Jeyms (basketbolchi), (“Los-Anjeles Leykers”) – 126,9 million dollar (maoshi 36,9 million dollar, reklama 90 million dollar);

2. Lionel Messi (futbolchi), (PSJ) – 122 million (72+50);

3. Krishtianu Ronaldu (futbolchi), (“Manchester Yunayted”) – 115 million (60+55);

4. Neymar (futbolchi), (PSJ) –  103 million (65+38);

5. Saul Kanelo Alvares (bokschi) - 89 million (84+5);

6. Stiven Karri (basketbolchi), (“Golden Steyt”) – 86,2 million (41,2+45);

7. Kevin Dyurent (basketbolchi), (“Bruklin”) – 85,9 million (37,9+48);

8. Rojer Federer (tennischi) – 85,7 million (724 ming + 85 million);

9. Jeyms Xarden (basketbolchi), (“Filadelfiya”) – 76 million (40+36);

10. Tayger Vuds (golfchi) – 73,5 million (8,5 + 65).

Eslatib o‘tamiz, DAZN strim-xizmati dunyoning eng kuchli 10 nafar bokschisi kimlar ekanini e’lon qilgandi.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

serdaromad sportchilar

Baholaganlar

277

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar