OKMK yil boshida 71 mln dollarlik eksportni amalga oshirdi

Biznes

image

Yirik sanoat korxonasi bo‘lgan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar eksporti borasida salmoqli natijalar qayd etib kelinmoqda.

2022 yilning yanvar oyi natijalariga ko‘ra, kombinat tomonidan 71 070 000 dollarga mahsulot eksport qilinib, reja 154,2%ga bajarildi. Bashorat ko‘rsatkichlari bo‘yicha 46 080 000 dollarlik mahsulot eksport qilinishi belgilangan edi.

Mahsulotlar kesimida oladigan bo‘lsak, 5080 tonna mis mahsulotlari importyorlarga yetkazib berilgan. Rejaviy vazifa esa 123,9%ga uddalangan. Mis katodi eksportida ham yuqori samaradorlikka erishilgan. Reja 143,1%ga bajarilgan holda 5009 tonna ushbu mahsulot xaridorlarga yuborilgan.
Yana bir yuqori samaradorlik rux mahsulotlarini eksportida ham kuzatilgan. Xususan, ushbu yo‘nalishda rejaviy vazifa 198,7%ga uddalangan. 4967 tonna rux mahsulotlari importyorlarga yetkazib berilgan.

Mis kuporosi, kadmiy, volfram,sement, molibden mahsulotlari, qo‘rg‘oshin konsentrati kabi mahsulotlar eksportida ham ko‘zlangan natijaga erishilgan.
OKMK mahsulotlari asosan Turkiya, Rossiya Federatsiyasi, Belarus, Qozog‘iston, Bolgariya, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Ukraina, Polsha, Tojikiston, Indoneziya, Niderlandiya, Xitoy, Turkmaniston, Afg‘oniston kabi davlatlarga eksport qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yilda kombinat tomonidan 1 mlrd dollardan ortiq mahsulotlar eksporti amalga oshirilib, o‘ziga xos rekord natija qayd etilgan.

Shuningdek, kombinatda mis xom-ashyosini yanada qayta ishlash va yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulot ishlab chiqarishga o‘tish natijasida olinadigan daromad bir necha baravarga oshishi kutilmoqda. Jumladan, O‘zbekistonning mis sanoatidan oladigan daromadi ayni paytda 2.5 milliard dollarni tashkil etsa, 2029 yilga kelib mis ishlab chiqarishni 400 ming tonnagacha oshirish bilan bu ko‘rsatgich  turdosh tarmoqlarni xisobga olgan holda yuqori qiymatga ega tayyor mahsulot ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish hisobiga 7-8 milliard AQSH dollariga yetishi mumkin.

Ma’lumot uchun, 2021 yilda kombinatning mamlakat YAIMda ulushi 7%, eksportdagi ulush 15 %ni tashkil etgan.

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

OKMK

Baholaganlar

47

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing